Malo Gusto: Versiyalar orasidagi farq - Vikipediya
Article Images
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
2024-yil 23-iyul, 12:00 dagi koʻrinishi
Gusto Lyon jamoasi tarkibida, 2022-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Malo Arthur Gusto | ||
Tavallud sanasi | 19-may 2003-yil (21 yosh)[1] | ||
Tavallud joyi | Décines-Charpieu, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.78 m[2] | ||
Ampluasi | O`ng qanot himoyachisi[2] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012–2015 | AS Villefontaine | ||
2015–2016 | Bourgoin-Jallieu | ||
2016–2021 | Lyon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020–2021 | Lyon II | 8 | (1) |
2021–2023 | Lyon | 53 | (0) |
2023– | Chelsea | 27 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018 | Fransiya U-16 | 2 | (0) |
2019 | Fransiya U-17 | 1 | (0) |
2021 | Fransiya U-19 | 3 | (0) |
2021– | Fransiya U-21 | 9 | (1) |
2023– | Fransiya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 19-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 6-noyabr uchun) |
Malo Artur Gusto (2003-yil 19-mayda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Fransiya terma jamoasining oʻng himoyachisi[1].
Yoshlik davri
Malo Arthur Gusto[3] 2003-yil 19-may[1] kuni Lion shahrining Décines-Charpieu kommunasida tugʻilgan[4]. Isere shahridagi Vilfontaine kommunsida ulgʻaygan futbolchining otasi dastlab oʻgʻlini regbi sporti mashgʻulotlariga beradi. Ammo yosh Gustoning oʻzi tez orada futbolni tanladi va professional futbolchi boʻlish orzusi amalga oshdi[5][6].
Klublardagi karyerasi
Lyon
Malo Gusto dastlab ASVF akademiyasida oʻynashni boshlaydi[7] va biroz vaqt oʻtgach Bourgoin-Jallieu bilan bir yillik shartnoma imzoladi[8]. Keyinchalik esa 14 yoshida Olympique Lyon jamoasining akademiyasida faoliyatini davom ettiradi[9][10][11][5][11].
U 2020-yilda Florent da Silva, Yaya Soumare va Rayan Cherki kabi oʻz tengdoshlari qatorida fransuz klubi bilan ilk professinal shartnomasini imzoladi[12][13]. Oʻsha vaqtlarda u Rudi Garcia boshchilgidagi jamoaning Liga 1 oʻyinlari qaydnomasiga kirtildi, ammo unga asosiy oʻyin amaliyoti UEFA Yoshlar ligasi va National 2 turnirlarida berilgan[12][10].
Malo Gusto 2021-yilning 24-yanvarida Olympique Lyonnais safida professional debyutini oʻtkazdi. Liga 1 doirasida kechgan Derbi du Rhone deb nomlangan Saint-Étienne klubiga qarshi kechgan derbining 90-daqiqasida Bruno Guimarãesning oʻrniga maydonga tushirildi[6][14]. Mavsum oxirida Liga 1 da yana bir oʻyinda qisqa vaqt davomida toʻp surgan yosh himoyachi iyun oyida Lyon bilan yangi 2024-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi[15][16].
Gusto 7-avgust kuni Brest klubiga qarshi kechgan mavsumning ochilish oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushirildi[9][17]. Bu orqali u Samuel Umtitidan keyin Lyon safida Liga 1 oʻyinida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi[18][19].
Oʻng qanot himoyasida ancha tajribali futbolchi Dubois boʻlshiga qaramsdan murabbiy Bosz uni bir necha muhim oʻyinlarda ham maydonga tushirdi. Bular qatoriga UEFA Yevropa Ligasida Rangersjamoasiga qarshi 2-0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahs va Liga 1 dagi Paris Saint-Germainga 2-1 hisobida uchralgan magʻlubiyatlarni ham kiritishimiz mumkin[9][6][20][21].
Chelsea
2023-yil 29-yanvar kuni Malo Gusto Premyer-liganing Chelsea klubi bilan 2030-yilgacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[22]. Transfer qiymati 30 million yevro va qoʻshimcha 5 million yevrolik bonuslarni tashkil qiladi[23]. Soʻngra 2022-2023-yilgi mavsum yakuniga qadar Lyon klubiga ijara asosida qaytarildi[22]. Shu yilning 13-avgustida u Premyer-liga doirasidagi Liverpoolga qarshi bahsda futbolchi londonliklar safidagi debyutini oʻtkazdi[24]. 24-sentyabr kuni Aston Villa jamoasiga qarshi bahsdaJarred Gilletga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi uchu VAR tekshiruvidan keyin karyerasidagi dastlabki qizil kartochkaga loyiq koʻrildi[25].
Terma jamoadagi faoliyati
Fransiyada tugʻilgan Gustoning otasining kelib chiqishi portugal[26], onasi esa mavritaniyalik boʻlgan[27]. U Fransiyaning turli yosh toifasidagi jamoalar safida turli ampulalarda: Fransiya U-16 terma jamoasida yarim himoyachi, keyinchalik Fransiya U-17 va U-18 jamoalarida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-2021-yillarda moʻljallangan koʻplab xalqaro turnirlar bekor qilinganligi sababli Gusto ham yoshlar jamoalarida deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan[11][28][29].
2023-yilning 9-oktyabrida Gusto jarohatlangan Jules Koundé oʻrniga Gollandiya va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda terma jamoadagi ilk chaqiruvini olgan[30][31]. 2023-yil 13-oktabr kuni u Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Gollandiyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazdi, futbochi 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Yakunda Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda UEFA Yevro 2024 turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[32].
Statistika
Klub
- 2024-yil 19-may holatiga koʻra[33]
Klub | Mavsum |
|
Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Lyon II | 2020–21 | Championnat National 2 | 7 | 0 | 7 | 0 |
2021–22 | Championnat National 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | |
Umumiy | 8 | 1 | 8 | 1 | ||
Lyon | 2020–21 | Liga 1 | 2 | 0 | 2 | 0 |
2021–22 | Liga 1 | 30 | 0 | 37 | 0 | |
2022–23 | Liga 1 | 21 | 0 | 22 | 0 | |
Umumiy | 53 | 0 | 61 | 0 | ||
Chelsea | 2023–24 | Premyer Liga | 27 | 0 | 37 | 0 |
Umumiy | 88 | 1 | 106 | 1 |
Sovrinlar
Chelsea
- Liga kubogi finalchisi: 2023-24[34]
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Malo Gusto Biography“. espn.com. ESPN. Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "espn" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 „Malo Gusto“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ „2023/24 Premier League squad lists“. Premier League (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Malo Gusto“. L'Équipe. Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Un jeune Nord-Isérois passe pro avec l'OL“ (FR-fr). Le Dauphiné libéré (2020-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":4" defined multiple times with different content - ↑ 6,0 6,1 6,2 AFP. „18 ans, formé à Lyon... l'Isérois Malo Gusto sur orbite“ (FR-fr). Le Dauphiné libéré (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":6" defined multiple times with different content - ↑ „ASVF Football : Malo Gusto“ (fr). asvffootball.sportsregions.fr. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Malo Gusto signe un contrat pro – fcbourgoinjallieu“ (fr-FR). fcbourgoinjallieu.com (2020-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Cornu. „Malo Gusto, le couloir lui revient de droit“ (fr). Ouest-France (2021-yil 30-sentyabr). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content - ↑ 10,0 10,1 „OL: Malo Gusto, 5e joueur de l'Académie à signer pro en 2020“ (FR-fr). Le Progrès (2020-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":2" defined multiple times with different content - ↑ 11,0 11,1 11,2 Leplang. „Malo Gusto, le Gone prêt à rugir de plaisir • Actufoot • Actu du foot pro/amateur“ (fr). Actufoot [fr] (2021-yil 13-yanvar). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":3" defined multiple times with different content - ↑ 12,0 12,1 „Malo Gusto signe son premier contrat professionnel“ (fr-FR). OL.fr (2020-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Premier contrat professionnel pour Malo Gusto à l'OL“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ Joret. „Résultat et résumé Saint-Étienne - Lyon, Ligue 1 Uber Eats, 21e journée“ (fr). L'Équipe (2021-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
- ↑ „OL: le jeune Malo Gusto prolonge pour une saison supplémentaire“ (FR-fr). Le Progrès (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „L'OL prolonge Malo Gusto“ (fr). L'Équipe (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ Penot. „OL : Malo Gusto, le (jeune) latéral qui brûle les étapes“ (fr). L'Équipe (2020-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ Chorlet. „OL, FC Barcelone : un Lyonnais s'offre un record de Samuel Umtiti“ (fr). But ! [fr] (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ Berthilier. „OL : Malo Gusto plus jeune défenseur titulaire depuis Samuel Umtiti“ (fr-FR). Olympique & Lyonnais (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ Pereira. „Malo Gusto s'est mis tout l'OL dans la poche“ (fr). Foot Mercato [fr] (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ Parbaud. „OL: Rothen sous le charme de Gusto, "un gamin pétri de talent"“ (fr). RMC Sport (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ 22,0 22,1 „Gusto signs for Chelsea“. Chelsea F.C. (2023-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „TRANSFERT DE MALO GUSTO À CHELSEA…EN PRÊT À L'OL JUSQU'AU 30 JUIN 2023“. www.ol.fr (2023-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ „Chelsea 1-1 Liverpool: Mauricio Pochettino's side fight back to draw his first Premier League game in charge“ (2023-yil 13-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
- ↑ Beardmore. „Chelsea 0-1 Aston Villa“. BBC Sport (2023-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
- ↑ „One to watch: Malo Gusto, Lyon's young lion“.
- ↑ „EXCLU - Malo Gusto : « Je ne suis pas un joueur qui doute »“. Onze Mondial (2022-yil 17-may).
- ↑ „Malo Gusto, le prochain gone à intégrer l'équipe première ?“. Café Crème Sport (2020-yil 12-noyabr).
- ↑ „Malo Gusto profile“. Fédération Française de Football. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Gusto on maiden call-up, James competition and inspirational Thiago Silva“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ „Deux changements dans la liste des 23“. www.fff.fr. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ „Winning debuts for Colwill and Gusto as two qualify for Euros“ (en). www.chelseafc.com (2023-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ Malo Gusto Soccerway saytida. Qaralgan sana: 22 October 2021.
- ↑ McNulty, Phil. „Carabao Cup final: Chelsea 0–1 Liverpool (aet)“. BBC Sport (2024-yil 25-fevral). Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
Havolalar
- Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili
[[Turkum:Angliyadagi chet ellik erkak futbolchilari]] [[Turkum:Fransiyaning chet eldagi erkak futbolchilari]] [[Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari]] [[Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari]] [[Turkum:Liga 1 futbolchilari]] [[Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari]] [[Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari]] [[Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilari]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:2003-yilda tugʻilganlar]]