Alaq surasi: Versiyalar orasidagi farq - Vikipediya


Article Images

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi

Ximik1991

(munozara | hissa)

4 087 edits

k

Ximik1991

(munozara | hissa)

4 087 edits

k

Qator 11:

|Raqami yozuv bilan =

}}

Alaq — Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, yaʼni laxta quyuq

== Asosiy mavzusi ==

qonga aylangan holati muroddir.

== Tarjimasi ==

''Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)''.

1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz nomi bilan oʻqing!

2. U insonni laxta qondan yaratdi.

3. Oʻqing! Rabbingiz esa karamli zotdir.

4. U insonga qalam bilan (yozishni) oʻrgatgan zotdir.

5. U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.

6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.

7. (Bunga) sabab oʻzini boy — behojat sanashidir.

8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.

9. (Ey, inson,) koʻrdingmi, toʻsayotgan kimsani

10. bandani namoz oʻqiganda?!

11. Koʻrdingmi — agar u (namoz oʻquvchi) oʻzi Toʻgʻri yoʻlda boʻlsa,

12. yoki (oʻzgalarni) taqvoga (Allohdan qoʻrqishga) buyursa?!

13. Koʻrdingmi, agar u (namozdan) toʻsuvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz

oʻgirsa,

14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) koʻrib turishini bilmasmi?!

''Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Paygʻambar (a. s.)ga aziyat va zarar

yetkazishni oʻz oldiga oliy maqsad qilib qoʻygan boʻlib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan''.

15. Yoʻq! Qasamki, agar u (bu yoʻlidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz

16. oʻsha yolgʻonchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!

17. Bas, u oʻzining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!

18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!

19. Yoʻq! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin

boʻling! (Sajda oyati.)<ref>[http://ziyouz.com/downloads/quran_uz_abd_mansur_ziyouz_com.pdf Tarjimasi ziyo.uzda]</ref>

== Manbalar ==

{{Manbalar}}