Ingliz tili


Contributors to Wikimedia projects

Article Images

Angliyada paydo boʻlgan plurisentrik gʻarbiy german tili

Ingliz tili — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili.Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3chi oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.

Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Buyuk Britaniyaning 17 va 20 asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning 20 asrdagi dunyoviy tasiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Schleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi Lotin tilidan olingan, vaholanki lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi. Vikinglarning 8 hamda 9 asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning 11 asrda Normandlar tomonidan egallanilishi morman fransöz tilininin ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili lug#aviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador.

Alifbo

Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 ta harfdan iborat: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.

Imlo

Havolalar

Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA ak:English