Bugʻ


Contributors to Wikimedia projects

Article Images

Bugʻ — suyuqlik (yoki qattiq jism)ning gazsimon holati. Molekulyar kinetik nazariyasiga koʻra, molekulalarning issiqlik harakati tufayli suyuqlik (yoki qattiq jism) sirtidan har qanday temperaturada ham uzluksiz ravishda molekulalar ajralib turadi. Ajralish tezligi berilgan bosimda temperaturaga bogʻliq, temperatura past boʻlganda vaqt birligi ichida sirtdan molekulalar kamroq, yuqori boʻlganda esa koʻproq ajralib chiqadi. Ana shu molekulalar toʻplami suyuqlik (yoki qattiq jism) bugʻi deyiladi.

Idishdagi issiq suvning bugʻlanishi.

Buʻg xossalari koʻp jihatdan gaz xossalariga oʻxshaydi. Bugʻ hosil boʻlishi jarayoni bugʻlanish, teskari jarayon esa kondensatsiya deyiladi.