Sinem Kobal


Contributors to Wikimedia projects

Article Images

Sinem Kobal İmirzalıogʻlu(1987-yil 14-avgustda tugʻilgan)- turk aktrisasi. U birinchi marta 2001-yilda " Dadı " serialida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Keyinchalik koʻplab teleseriallar va film loyihalarida ishtirok etgan. U Selena teleserialidagi Selena roli bilan keng tanilgan.

Sinem Kobal
Tavalludi

Sinem Kobal


1987-yil 14-avgust

Istanbul, Turkiya

Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2001-yildan
Turmush oʻrtogʻi Kenan Imirzaliog‘lu
Bolalari Lalin İmirzalıoğlu,
Leyla İmirzalıoğlu

Dastlabki yillar va martaba

tahrir

U 1987-yil 14-avgustda Istanbulda tugʻilgan.[1][2] Otasi qurilish muhandisi, onasi esa uy bekasi.

Kobal Yulduz Alper balet maktabida toʻrt yoshidan boshlab baletdan taʼlim ola boshlagan. Qirollik akademiyasining diplomiga ega ISTEK Foundation xususiy Acıbadem oʻrta maktabini tamomlagan. Sinem Kobal oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarida oʻzining voleybol jamoasi bilan ikkinchi oʻrinni egallagsn. Hozir u lotin raqsi va aykido bilan shugʻullanadi.

U sanʼatga Dormen teatrida olgan taʼlimi orqali kirib kelgan. Sinem 13 yoshida " Dadı " teleserialida ishtirok eta boshladi. Keyin bir mavsum Uyg‘ur teatrida ishladi.

2003-yilda u Ali Sürmeli va Gulben Ergen ishtirokidagi Hurrem Sulton teleserialida Aysha obrazini oʻynadi.

Beykent universitetining tasviriy sanʼat fakultetining sahna va sahna sanʼati boʻlimini tugatgan.[3]

U 2006-2009-yillar oraligʻida ATVda namoyish etilgan Selena fantastik serialda Selena rolini oʻynadi. Akatlar Kültür Merkezida boʻlib oʻtgan „ Jetix bolalar mukofotini topshirish marosimi“da Selena seriali „Eng sevimli mahalliy teleserial“, Sinem Kobal esa „Eng sevimli turk aktrisasi“ sifatida tanlandi.

2010-yilning yozida Kanal Dda, keyinroq Star TVda namoyish etila boshlagan Küçük sirlar serialida Su rolini oʻynadi.

2010-yil 5-fevralda u " Romantik komediya " filmida „Didem“ rolini oʻynadi.[4] 2013-yil 14-fevralda " Romantik komediya 2 " filmi chiqdi va Kobal ushbu filmda xuddi shu rolni qayta oʻynadi.

U 2016-yilning 14-may kuni taniqli aktyor va boshlovchi Kenan Imirzaliog‘lu bilan turmush qurgan.[5] Ularning 2020-yilda Lalin va 2022-yilda tugʻilgan Leyla ismli qizlari bor.[6][7]

  1. „Anne ve babam Rize Hemşin kökenlidir ancak İstanbul doğumlular.“. 7 şubat 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 eylül 2017.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 nisan 2012.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 12 şubat 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ocak 2014.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 13 şubat 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 şubat 2013.
  5. „Sinem Kobal ve Kenan İmirzalıoğlu Evlendi“. www.instyle.com.tr. 8 ağustos 2017da asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Arşivlenmiş kopya“. 22 ekim 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 ekim 2020.
  7. „Sinem Kobal ve Kenan İmirzalıoğlu ikinci bebeklerine kavuştu! İşte ilk kareler…“ (Türkçe). Sabah. 16 mayıs 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 mayıs 2022.